Sirdaryolik bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi
Mamlakatimizning barcha hududlarida Yangi yil bayrami shukuhi hukmron. Bolajonlarning nigohlarida quvonch, mamnunlik mujassam. Qishki ta’tilga chiqqan o‘g‘il-qizlarning bayram kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazishiga e’tibor qaratilmoqda.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Prezident archasi” bayram tadbirlarining ahamiyati beqiyos. Sirdaryo viloyatda ham bu tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
[gallery-10137]
Bayram tadbirida qiziqarli dasturlar, ertak qahramonlari ishtirokidagi sarguzashtlarga boy sahna ko‘rinishlari bolajonlarga quvonch ulashdi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev bolajonlarni bayram bilan tabriklab, Prezident sovg‘alarini topshirdi.
Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA