Sirdaryoda “Onalarga ehtirom” festivali o‘tkazilmoqda
FOTOREPORTAJ
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mart oyining birinchi o‘n kunligida Sirdaryo viloyatida ilk bor “Onalarga ehtirom” festivali o‘tkazilmoqda.
Festival dasturidan “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi, «Zakovat» intellektual o‘yini, turli sport musobaqalari, oqila va olima ayollar uchrashuvlari o‘rin olgan.
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyevaning ta’kidlashicha, tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad opa-singillarimizning ijtimoiy faolligini oshirish, ularga o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun ko‘maklashish va oilalarda ayolga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yanada yuksaltirishdan iborat.
[gallery-10798]
- Festival yakunida asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi va unda turli turli nominatsiyalar bo‘yicha ilg‘or xotin-qizlarga mukofotlar topshiriladi - deydi Nargiza Tojiboyeva.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA