Sirdaryoda maktabgacha ta’lim qamrovi ortmoqda
Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 71 ming 607 nafar bog‘cha yoshidagi bolalarning 76,2 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.
Shu yil yakuniga qadar esa 3-7 yoshli bolalarning MTTga qamrovini 82 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Ayni shu maqsadda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishi jadal sur’atda olib borilmoqda.
Jumladan, Xovos tumani Oqchangal mahallasida 4,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga qayta qurilgan 120 o‘rinli 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi.
[gallery-12377]
Tashkilotning ochilish marosimiga viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etdi.
Sh.Suyarov,
Sh. Ortiqboyev,(suratlar) O‘zA