Sirdaryo maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq”
Bugun Sirdaryo vohasining barcha shahar va tumanlaridagi maktablarida "Ilm – saodat kaliti" shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Guliston shahridagi 8-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tantanada ishtirok etgan Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev dastlab Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. O‘quvchilarga kelgusidagi ishlarida omad tiladi. Ilm olishdan, izlanishdan hech qachon to‘xtamaslik zarurligini ta’kidladi.
[gallery-17556]
Yil davomida o‘zining odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar, ularning ota-onalari rag‘batlantirildi.
Bitiruvchilar davlatimiz rahbariga, ustozlariga bergan mehr-e’tibori, bilim va tarbiyasi, yoshlarga yaratilgan shart- sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi. Vatan, maktab, yuksak orzu-maqsadlar haqida qo‘shiqlar kuylanib, she’rlar aytildi.
Qalblarni hayajonga solib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jiringladi.
Sh.Suyarov,Sh. Ortiqboyev,(surat),
O‘zA muxbirlari