“Sirdaryo IES” AJ: sarhisob va istiqbol
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi Farhod Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruh “Sirdaryo IES” AJ faoliyatini o‘rgandi.
Ishchi-xizmatchilar uchun munosib ish sharoitlari yaratish, amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, ishlab chiqarish quvvati barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Ishchi guruhi elektr stansiyani kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, belgilangan ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar, ularni tibbiy-ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Elektr stansiyasi faollari, xotin-qizlar va yoshlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi-xizmatchilar uchun munosib ish sharoitini yaratish, gender tengligi va yoshlarga oid davlat siyosati talablarini to‘liq hayotga joriy etish, elektr stansiyaning barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvlarda daxldorlik hissini shakllantirish, har bir ishchining g‘oya va tashabbuslarini o‘rganish, yoshlar, xotin-qizlarning jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishini ta’minlash, o‘z salohiyati, tashabbuslarini namoyish etishi uchun yanada qulay sharoitni yaratish haqida so‘z bordi.

Faol xodimlar va tashabbuskor yoshlar taqdirlandi.

Sh.Suyarov, O‘zA