Sinxron suzuvchilarimiz yana shohsupada
Rossiyaning Qozon shahrida sinxron suzish bo‘yicha xalqaro musobaqa davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida ham sportchilarimiz muvaffaqiyatga erishdi.
Jumladan, musobaqada Rayhona Ergasheva, Yuliya Limanova, Jasmina Qodirova, Sabina Mahmudova, Ruxsoraxon Saidaliyeva, Elizavetta Afanaseva, Samira Agzamova hamda Safina Jo‘rayeva kabi vakillarimiz jamoalar o‘rtasidagi bahslarda kumush medal sovrindori bo‘ldi.
Bundan tashqari kattalar o‘rtasidagi yakkalik musobaqada Diana Onkes ham kumush medalni qo‘lga kiritdi. Anna Vashenko esa bronza medali sohibasi bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA