Sinovli damlarni birgalikda yengamiz
Bu tarixiy hujjat pandemiya davrida, ayniqsa biz kabi tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratib, ularni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Munosabat
Kuni kecha Prezidentimizning “Koronovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi. Bu tarixiy hujjat pandemiya davrida, ayniqsa biz kabi tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratib, ularni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda insoniyatni tashvishga solib turgan koronovirus infeksiyasi har birimizdan yakdillik bilan, unga qarshi kurashishga, kasallikning taaqalishini oldini olishga chorlamoqda. Chunki, ommaviy axborot vositalari koʻrib turganimizdek, ayrim davlatlarda karantin qoidalariga amal qilinmaganligi natijasida bemorlar, vafot etganlar soni tobora ortib bormoqda. Afsuski, yurtdoshlarimiz orasida ham oʻzi va yaqinlari salomatligiga beparvo, sanitariya-gigiyena qoidalariga, karantin tadbirlariga buysunmaydiganlari ham uchrab turibdi.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish ishlari davlatimizning ustuvor vazifasi sifatidan belgilangan. Mazkur tezyuqar kasallikka qarshi kurashish ishlariga nafaqat Sogʻliqni saqlash vazirligi, balki barcha mutasaddi tashkilotlari, mahalliy hokimliklar safarbar etilgan. Yurtimizda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida koʻrilayotgan choralar nafaqat fuqarolarimiz, boshqa davlat vakillari tomonidan ham yuksak eʼtirof etilmoqda.
Mamlakatimizda koronovirus infeksiyasi qayd qilingan ilk kundan boshlab taʼlim muassasalaridagi 8,3 million farzandlarimizga taʼtil berildi, 80 ming talaba markazlashgan holda yashash joylariga joʻnatildi. Taʼlim uzilishlarning oldini olish maqsadida 30-martdan boshlab teledarslar, internat tarmoqlari orqali video va onlayn darslar efirga uzatilmoqda. Davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillarini qabul qilish haqida ularga turli xizmatlarni koʻrsatish onlayn rejimga oʻtkazildi.
Navoiy shahridagi “Zarafshan Golden Group” kompaniyasi qurilish, transport, mehmonxona va restoran xizmatlari, tekstil, metall konstruksiyalar, tosh minerallarini qayta ishlash, mebelsozlik, temir-beton va gazobeton, gʻisht, ohak, tuz kabi mahsulotlarini ishlab chiqarish, issiqxona va bogʻdorchilik yoʻnalishlarida samarali faoliyat koʻrsatib kelayapti.
Biz tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar xalqimizga shunday sinovli damlarda saxiylik qilib, xizmat qilishga undaydi.
Ulugʻbek FAYZIYEV,
Oliy Majlis Senati aʼzosi,
“Zarafshon Golden Group” kompaniyasi taʼsischisi