Singapurda O‘zbekiston davlat mukofoti topshirildi
O‘zbekistonning Singapurdagi Favqulodda va muxtor elchisi Qahramon Shokirov “Indorama Corporation Pte. Ltd.” kompaniyasi direktori Prakash Kejrivalga mamlakatimizning «Do‘stlik» ordenini tantanali ravishda topshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 25 avgustdagi farmoniga muvofiq, Prakash Kejrival O‘zbekiston Respublikasi bilan har tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalarni ro‘yobga chiqarishdagi amaliy ko‘magi, ikki xalq o‘rtasidagi bir-birini anglash va qo‘llab-quvvatlash tamoyillarini mustahkamlash, do‘stlik, madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan edi.
O‘zA