Sihatgohga bepul yo‘llanma berildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni va Tibbiyot xodimlarining kasb bayrami arafasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan viloyat tuman-shahar tibbiyot birlashmalarida ishlayotgan bir guruh xodimlarga "Qo‘hinur" sihatgohida sog‘liklarini tiklab, dam olishlariga sharoit yaratish maqsadida bepul yo‘llanmalar berildi.
Farg‘ona tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Ominaxon Mo‘minova, viloyat 2-tumanlararo fiziatriya dispanseri xodimi Inoyatxon Qayumova, "O‘qchi" sihatgohi hamshirasi Nazokatxon Boynazarova, Farg‘ona 2-ruhiy kasalliklar shifoxonasi hamshirasi Orzuxon Ashrapova hamda Farg‘ona 2-ruhiy kasalliklar shifoxonasi enagasi Go‘zalxon Daliyevalar bu imtiyozdan foydalanadigan bo‘ldi.
Viloyat kengashining ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri Ma’muraxon Yorbekova hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi Shohidaxon Karimova yo‘llanmalarni o‘z egalariga topshirdi.
Shohsulton To‘xtamatov,
O‘zA