Sifatsiz televizor va chuv tushgan fuqaro
Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Z.Turdaxmatova va Sh. Usmonovalarning murojaatlari o‘rganildi. Murojaatda aytilishicha, ular do‘kondan ikki dona televizor xarid qilgan, lekin ko‘p o‘tmay ularda nosozliklar kuzatiladi.
Shuningdek, televizorlarning WiFi tizimi ham yaxshi ishlamasligi oydinlashgan.
Fuqarolar tadbirkordan televizorni almashtirib berishini yoki pullarini qaytarishini so‘raydi, lekin u pullarni kirim qilib qo‘yganini aytib, iste’molchilarning qonuniy talabini bajarmagan.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan mazkur murojaat o‘rganilgach, televizorlarda haqiqatdan ham murojaatda keltirilgan nuqsonlar mavjudligi kuzatildi.
Shundan so‘ng tadbirkorga «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari tushuntirilib, iste’molchilarning pullari egalari qaytarildi.
Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi