Sifatsiz go‘sht sotuviga chek qo‘yildi
Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” YPX maskanida Buxorodan Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘shtlar to‘xtatib qolindi.
Viloyat IIB PPX va JSTB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xabariga ko‘ra, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi Sh.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” mashinasi YPX maskanida to‘xtatib tekshirilgan.
Tekshiruv davomida mashina yukxonasida 160 kilogramm yirik shoxli qoramol go‘shti veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketilayotganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
O‘zA