Sifati xorijnikidan qolishmaydi
Namangan shahridagi “Shaper ekshn” korxonasida bugungi kun qurilish industriyasida zarur vositalardan biri hisoblangan kesish va pardozlash toshlari ishlab chiqarilmoqda.
Namangan shahridagi “Shaper ekshn” korxonasida bugungi kun qurilish industriyasida zarur vositalardan biri hisoblangan kesish va pardozlash toshlari ishlab chiqarilmoqda.
Masʼuliyati cheklangan jamiyat maqomida yaqinda faoliyatini boshlagan “Shaper ekshn” viloyatdagi shunday mahsulot ishlab chiqaradigan yagona korxona hisoblanadi. Loyiha xitoylik investorlarning 2 million dollar miqdoridagi sarmoya bilan amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda korxonada oyiga 600 ming dona kesish va pardozlash toshi ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida ushbu koʻrsatkichni 1,5 million donaga yetkazish va mahsulotning yarmini eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.
Qayd etish joizki, “Shaper ekshn” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan kesish va pardozlash toshlari sifati va yaroqliligi jihatidan bu sohada yetakchi hisoblangan xorij korxonalari mahsulotlari qatorida yuqori baholanmoqda.