Shveytsariya terma jamoasi Bosniya va Gersegovinani yirik hisobda mag‘lub etib, guruh yetakchisiga aylandi
Hisob 4:1 Shveysariya o‘z hisobiga 3 ochko qo‘shib qo‘ydi.
Jahon chempionatining 2-tur bahslariga start berildi.
"B" guruhidan o‘rin olgan Yevropa qit’asining ikki vakili Shveytsariya va Bosniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi va ikkinchi taymning dastlabki 20 daqiqasi ehtiyotkorlik ostida o‘tdi. Biroq so‘nggi 25 daqiqa gollar shousiga aylanib ketdi. Dastlab 74-daqiqada Manzambi gol urib hisobni ochdi va Shveytsariyani oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Ruben Vargas o‘z hisobiga gol yozdirib, oradagi farqni oshirdi. Uchrashuvning asosiy vaqti so‘nggi daqiqasida Manzambi dublni rasmiylashtirib, hisobni yiriklashtirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Bosniya hisobni qisqartirdi ammo qo‘shib berilgan 7-daqiqada Granit Jaka penaltini aniq amalga oshirib yakuniy nuqtani qo‘ydi. Hisob 4:1 Shveytsariya o‘z hisobiga 3 ochko qo‘shib qo‘ydi.