Shvetsiyada omikron shtammining yangi mutatsiyasi topildi
Shvetsiyaning Uppsala shahridagi Akademik laboratoriyada omikron shtammining yangi mutatsiyasi aniqlandi, — deya xabar bermoqda Shvetsiyaning “SVT Nyheter” telekompaniyasi.
Uch kishida qayd etilgan ushbu variantga “BA.2” nomi berildi.
— Kashf etilgan mutatsiya qay darajada xavfli ekani to‘g‘risida gapirishga hali erta, — dedi laboratoriya mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Iogan Lenerstad. — “BA.2” haqida ma’lumot hozircha juda kam. Tahlil uchun muayyan vaqt talab etiladi.