Shols xayrlashuv nutqida Mersga omad tiladi
6 mayga belgilangan Germaniya Bundestagi yig‘ilishida yangi kansler saylanadi. Shu munosabat bilan hukumat rahbari Olaf Shols xayrlashuv nutqida mamlakatning navbatdagi rahbari bo‘lishi kutilayotgan Fridrix Mersga omad tiladi:
– Hurmatli janob Mers! Hukumat oldida turgan barcha vazifani sidqidildan bajarish va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda sizga ulkan muvaffaqiyat va omad tilayman. Kelishi aniq bo‘lgan qiyin paytda qo‘shimcha kuch va ishonch to‘plash imkonini beradigan uchrashuvlar tilayman.
GFR tashqi ishlar vaziri Annalena Bayerbok ham ijtimoiy tarmoq orqali xayrlashuv videosini e’lon qilgan.