Shoir o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi
Surxondaryo viloyatida ham 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Termiz shahrida joylashgan Al Hakim at-Termiziy nomidagi 1-viloyat yosh fizik-matematiklar maktab-internatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid bilan o‘tkazilgan uchrashuv ham bolajonlar qalbida iliq taassurotlar qoldirdi.
[gallery-2635]
Shoir o‘quvchilarni bayram bilan qutlab, do‘stona suhbat qurdi.
Tadbirda maktab kutubxonasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi bilan chop etilgan 100 ga yaqin sara badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi. Maktab-internati bog‘iga Sirojiddin Sayyid boshchiligida Termiz iqlimiga mos bo‘lgan gujum ko‘chati ekildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA