Shimoliy dengizda ikki kema to‘qnashdi
Germaniyaning Shimoliy dengizdagi Gelgoland orolidan 22 kilometr janubi-g‘arbda Bagama orollari bayrog‘i ostidagi ikki kema – Buyuk Britaniyaning “Veriti” va “Polese” kemalari to‘qnashuvi natijasida yetti kishi bedarak yo‘qoldi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, halokat 24 oktyabr kuni ertalab soat 5 da sodir bo‘lgan. Erta tongdan suvda odamlarni qidirish ishlari boshlangan. Hozircha bir kishi vafot etgani ma’lum. Ispaniyaga yo‘l olgan 190 metrlik “Polese” yuk kemasi yaroqli holatda. Kemada 22 kishi bo‘lishi kerak. Qutqaruvchilar harorat past bo‘lishiga qaramay, yo‘qolganlarni tirik topishga umid qilyapti.
Bu hududda shamol juda kuchli esadi. Germaniyaning yetakchi gazetalaridan biri – “Frankfurter Allgemeine” nashriga ko‘ra, yel kuchi Boforta shkalasi bo‘yicha oltinchi darajaga yetadi, to‘lqinning balandligi, taxminan, uch metr. Voqea joyida bir necha dengiz qutqaruv kemasi va vertolyot ishlayapti.
Qutqaruv xizmati rahbari va Shvetsiya dengizda qutqaruvchilar jamiyati kapitani Adam Goll-Rasmussen so‘zlariga ko‘ra, kema halokati bir necha omil, jumladan noqulay ob-havo bilan bog‘liq.