Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida nazorat sinovlari o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi miqyosida sport ko‘rigi doirasida harbiy xizmatchilar uchun nazorat sinovlari tashkil etildi.
Unda harbiy qism va bo‘linmalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar jismoniy tayyorgarlik darajasi, chidamliligi hamda harbiy-amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdi.
[gallery-30762]
Nazorat sinovlari davomida ishtirokchilar 100 metr, 1000 metr va 3000 metr masofalarga yugurish, turnikda tortilish, maxsus jismoniy mashqlar yo‘lagini bosib o‘tish hamda boshqa harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha belgilangan normativlarni bajardi.
Yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan harbiy xizmatchilar munosib taqdirlandi. Ularga “Harbiy sportchi” ko‘krak nishoni va tegishli unvon tantanali ravishda topshirildi.
Bunday nazorat sinovlari harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi va kasbiy mahoratini baholash, shuningdek, jangovar shaylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA