SHHT muqobil harbiy tashkilot bo‘lmaydi
Hech kimning SHHTni muqobil harbiy tashkilotga aylantirish maqsadi yo‘q. Ushbu tashkilot doirasidagi hamkorlik kimgadir qarshi qaratilgan emas, balki umumiy maqsadga erishish yo‘lidagi do‘stlik, deya bayonot berdi RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Hech kim oldiga bunday vazifa qo‘ymoqchi emas. SHHT davlatlari o‘rtasidagi mavjud munosabatlar bir-biri manfaatini o‘zaro hurmat qilishga asoslangan", – dedi u jurnalistlar bilan suhbatda.