Shaxmatchilar oliy ligani ko‘zlamoqda
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati birinchi ligasi bahslarida sakson shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surmoqda.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati birinchi ligasi bahslarida sakson shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surmoqda.Erkaklar o‘rtasidagi yarim final bahslarida Abdumalik Abdusalimov, Odil Rahmon, Saidakbar Saydaliyev, Ruslan Niyozmatov, Elbek Jumanov, Jamshid Shodiqulov kabi yigirma bir shaxmatchi dastlabki partiyani o‘z foydasiga hal qildi. Olti nafar shaxmatchi durang o‘ynadi.
Qizlar o‘rtasidagi final musobaqasida Maftuna Mamatqulova, Nilufar Yoqubboyeva, Gulhayo Narziqulova, Shahnoza Tursunova, Svetlana Chaykina, Mohim Orazmuhammedova, Asal Salimova singari o‘n olti shaxmatchi birinchi turda g‘alaba qozongan bo‘lsa, Umida Chorshanbiyeva va Aziza Ochilova o‘zaro durang natija qayd etdi.