Sharapova eng sohibjamol sportchilar qatorida
Rossiyalik tennischi, jahonning sobiq birinchi raketkasi Mariya Sharapova Italiyaning “La Gazzetta dello Sport” nashri tomonidan dunyoning eng go‘zal sportchilari ro‘yxatida kuchli o‘ntalikka kiritildi.

Top-10dan rossiyalik yana bir atlet, uzunlikka sakrash bo‘yicha Rossiya terma jamoasi a’zosi Darya Klishina ham joy olgan.
“La Gazzetta dello Sport” nashri e’lon qilgan ro‘yxatning yuqori o‘ntaligiga yana tennis malikalaridan kanadalik Ejeni Bushar hamda italiyalik Kamila Jorjilar ham kiritildi.