Shahrixonda tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi
Shahrixon tumanida Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi hamda tuman hokimligi hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlari hamda chet ellik investorlar tomonidan kelib tushayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish choralari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida tadbirkorlik sub’ektlari va tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan yoshlar tomonidan 15 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilib, ijrosi ma’lum muddatni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘rganib chiqish uchun mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq berildi.
Shu kuni tadbirkorlardan biri Shohjahon No‘’monov Shahrixon tumani kichik sanoat hududida qurilayotgan ishlab chiqarish uchun gaz tarmog‘i tortish masalasi bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qildi. Tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tadbirkorga tushuntirishlar berib, tegishli tartibda xizmat ko‘rsatdi.
[gallery-3967]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA