Shafoattin Deniz: Boburshox — adolatli shox va buyuk shoir (+video)
Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi; boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi — Zahiriddin Muhammad Boburning she’rlari — shoirning tarjimai xoli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
U orqali ijodkor shoirona til orqali teran tuyg‘ularni bayon qiladi, hayotiy hodisalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan tashvishlarni mohirona so‘zlaydi.
Bobur ijodida, xususan, she’riyatida kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dil-dildan qo‘msash, uning tuprog‘iga talpinish, g‘ariblik azoblaridan o‘tli hasrat, yoru diyor sog‘inchi va visol ilinji, taqdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.
Bugungi lavhamizda Istanbul universiteti professori Shafoattin Deniz bilan buyuk shoir, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy, faoliyati va bizgacha yetib kelgan unutilmas merosi haqida suhbatlashdik.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cTn9rnWDaVc" title="Shafoattin Deniz: Boburshox — adolatli shox va buyuk shoir " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA