“Sevinch” jamoasi kubok sohibi
Poytaxtimizdagi “JAR” stadionida futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi o‘tkazildi.
Poytaxtimizdagi “JAR” stadionida futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi o‘tkazildi.Unda Qarshining “Sevinch” jamoasi amaldagi kubok sohibi Bekobodning “Metallurg W” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan o‘yinda “Sevinch” klubida to‘p surayotgan Feruza Turdiboyeva hamda Zebo Jo‘rayeva “Metallurg W” darvozasini aniq nishonga olib, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa “Sevinch” jamoasi to‘qqizinchi marotaba O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.