Serbiyada Ozarbayjon elchisi hibsga olindi
Ozarbayjonning Serbiya, Chernogoriya hamda Bosniya va Gersegovinadagi elchisi Eldor Gasanov katta miqdordagi pulni oʻzlashtirish va byudjet mablagʻlarini talon-taroj qilishda gumonlanib, hibsga olindi.

Bu xabarni Ozarbayjon davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati tarqatgan.
“U byudjet mablagʻlarini maqsadsiz sarflash, pullarni noqonuniy oʻzlashtirish va boshqa qonunbuzarliklar boʻyicha ayblanmoqda. Eldor Gasanov tergov davomida gumonlanuvchi sifatida ushlangan. Jamoatchilikka tergov ishlarining borishi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, - deyiladi Ozarbayjon DXX matbuot xizmati maʼlumotida.