Serbiya Prezidenti: Yevropa katta urush yoqasida
– Menimcha, jiddiy urush boshlanishi arafasidamiz, – dedi Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich. – Yaqinda kimdir Ukrainada tinchlikka erishish uchun harakat qiladi, deb o‘ylagandim. Afsuski, bunday bo‘lmadi va yaqin orada kutilmaydi ham. Demak, ancha katta urush yoqasida turibmiz.
U shuningdek, Rossiya – Ukraina urushi 2026-yil tugamaydi, deb hisoblaydi.
– Men urush bu yil yoki kelasi bahorgacha tugaydi, deb o‘ylamayman.
Vuchich qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish va Moskvaga qarshi sanksiya qo‘llash orqali Rossiyaga qarshi gibrid urush olib boryapti:
– Ukraina qurollantirildi, RFga qarshi sanksiya qo‘llandi. Shu bilan birga Kiyevga moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Agar ruslarga qarshi gibrid urush bo‘lmasa, bu nima?
Shuningdek, u Rossiyani qanday mag‘lub etish mumkinligini bilmasligi, chunki oxir-oqibat RF yadroviy kuch ekani va hech bir davlat Moskvaga shunchaki hujum qila olmasligini qo‘shimcha qildi.
– Urushni tugatish uchun ikki tomonning mag‘lubiyati emas, balki murosasi kerak, – dedi Serbiya yetakchisi. – Ukraina RFga qarshi urush boshlamagan. Shuning uchun jinoyatchi va jabrlanuvchini adashtirmaslik kerak.
S.Rahimov, O‘zA