Senegal terma jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibali jamoasining jahon chempionatidagi maqsadi haqida gapirdi
Imkon qadar chorak finalgacha yetib borishga harakat qilamiz.
Senegal terma jamoasining yetakchilaridan biri hisoblangan Kaludu Kulibali bo‘lajak jahon chempionatida chorak finalga chiqishni maqsad qilmoqda.
"Ilgari Senegal terma jamoasi mundialning chorak finaliga chiqqan, ammo faqat bir marta. Unga ham 24 yil bo‘ldi. Biz yana shu ishni takrorlashga tayyormiz. Biroq jahon chempionati juda murakkab va og‘ir musobaqa. Shuning uchun bor kuch va matonat bilan harakat qilishimiz kerak. Imkon qadar chorak finalgacha yetib borishga harakat qilamiz", - dedi Kulibali.
Senegal terma jamoasi jahon chempionatida murakkab guruhdan joy olgan. Fransiya, Norvegiya va Iroq terma jamoalari "Afrika sherlari"ga raqiblik qiladi.