Senator 30 oilaga yordam ko‘rsatdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zosi Abatbay Daniyarov Bo‘zatov tumanidagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 30 ta oilaga oziq-ovqat mahsuloti yetkazib berdi.
Hozirgi karantin sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, kam ta’minlangan oilalarga saxovat ko‘rsatib, yordam qo‘lini cho‘zish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bag‘rikeng xalqimiz har qanday sinovli kunlarni ahillik bilan, bir yoqadan bosh chiqargan holda yengib kelmoqda


– Xayr-saxovatli insonlar ehtiyojmand oilalarga har doim yordam berib kelishmoqda, bundan juda minnatdormiz, – deydi “Bo‘zatov“ shaharcha fuqoralar yig‘inida istiqomat qiluvchi Boboniyoz ota Sariboyev. –Tumandagi 1-sonli maktabda ta’lim olayotgan nogironligi bor nabiram Miyras Umbetov hozirda 7-sinfda o‘qiydi. Uyimiz yaqinida “Yoshlar markazi “ning ochilgani ovul bolalari bilan birga nabiramni ham juda quvontirdi.
Saxovatli insonlarning xayrli ishlari natijasida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamisha e’tiborda bo‘lib kelmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA