Senat tarixiga bir nazar
Oliy Majlis Senati parlamentning yuqori palatasi hisoblanadi.
Oliy Majlis Senati parlamentning yuqori palatasi hisoblanadi.
Senat quyi palata – Qonunchilik palatasi kabi mamlakatning asosiy vakillik organi bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy va davlat-mintaqaviy vakillikni ifoda etadi.
Senat tarkibini shakllantirish, birinchidan, mintaqaviy vakillik organlari senatorlarni saylash vositasida (84 nafar a’zo saylanadi), ikkinchidan esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 16 nafar senatorni tayinlashi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda ikki palatali parlament 2002 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra joriy etilgan.