“Sektor rahbarlari kubogi” g‘oliblari
Sirdaryoda huquqni muhofaza qiluvchi va mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanimiz!” shiori ostida “Sektor rahbarlari kubogi” uchun tanlov va musobaqalar tashkil etildi.
Tanlovning tuman, shahar va viloyat bosqichlarida 10 ming nafarga yaqin yosh qatnashdi. Qizg‘in, shiddatli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, “Birinchi sektor rahbari kubogi” uchun “Zukko kitobxon” tanlovida Sayxunobod tumanining “Gulbuloq”, “Ikkinchi sektor rahbari kubogi” uchun o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida Guliston shahrining “Navbahor”, “Uchinchi sektor rahbari kubogi” uchun “Kibersport” musobaqasida Guliston tumanining “Namuna” , "To‘rtinchi sektor rahbari kubogi” uchun o‘tkazilgan yengil atletika musobaqasida Boyovut tumaning “Farhod” MFY jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
[gallery-19851]
G‘olib va ishtirokchilarni viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, sektorlar rahbarlari qutlab, ularga kubok, diplom, esdalik sovg‘alari taqdim etdi.
G‘ulom Primov,
Shahriyor Ortiqboyev(surat),
O‘zA muxbirlari