Sayyor qabulda ta’lim sohasiga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi
FOTOREPORTAJ
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda ta’lim tizimidagi dolzarb masalalarni hal etish maqsadida Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid qariyb 40 ta murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqarolar tomonidan ishga joylashish, ta’lim sifati, pedagoglar faoliyati va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning 16 tasi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar bo‘yicha esa amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
[gallery-30040]
Ta’kidlanganidek, bunday sayyor qabullar fuqarolarning ta’lim sohasiga oid muammolarini o‘z vaqtida hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda ta’lim tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA