Saylovda talaba-yoshlar ishtiroki muhim
Toshkent davlat stomatologiya institutida hozirda 4 mingdan ziyod saylovchi yoshlar ta’lim olmoqda. Ular orasida Prezident saylovida ilk bor ishtirok etayotgan yoshlar ham ko‘p. Institut yoshlarining saylov jarayonida faol ishtirokini ta’minlash, yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, ularning saylov haqidagi bilimlarini boyitish muhim ahamiyatga ega.
Bo‘lib o‘tadigan saylovda saylovchi talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida institut talabalar turar joylarida yashovchi yoki uyidan uzoqda bo‘lgan talabalar uchun saylov uchastkalari biriktirilgan. Jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari uchun Yashnobod tumanidagi 623 va 627-saylov uchaskalarida 1 ming 500 dan ziyod talaba o‘z konstitutsiyaviy xuquqidan foydalanib, munosib nomzodga ovoz berishlari mumkin.
Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash va saylanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Demak, biz o‘z konstitutsiyaviy huquqimizdan foydalanib, ertaga bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida faol ishtirok etishimiz va munosib, deb topgan nomzodga ovoz berishimiz zarur. Men saylovda ishtirok etaman. Siz-chi?
Nodir Haydarov,
Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori.