Saylovda kimlar ishtirok eta olmaydi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Konstitutsiyaning 110 va 128-moddalari hamda Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan 2023 yil 9 iyul kuniga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga asosan 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga ega.
Saylov kodeksining 5-moddasida quyidagi fuqarolar saylovda ishtirok eta olmasliklari belgilab o‘tilgan:
– sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar,
–og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar.
Saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, ozodlikdan mahrum qilingan, yuqori ijtimoiy xavf guruhiga kirmagan va uncha og‘ir jinoyatlar uchun qamoqqa olish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylash huquqidan foydalana oladi.
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida saylov huquqiga ega bo‘lgan mahkumlar belgilangan tartibda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida tuziladigan uchastka saylov komissiyalari saylovchilarni saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
I.Qahhorova, huquqshunos