Saylovçi manfaati — kun tartibida: mahalliy Kengaşlar va deputatlar faoliyatida yangi imkoniyatlar
Har bir hududning obodligi, odamlarning kundalik hayotidagi qulayliklar va mahalliy darajadagi masalalarning öz vaqtida yeçim topişi xalq saylagan vakillarning faolligiga bevosita boğliq.
Sönggi yillarda mamlakatda mahalliy vakillik organlarini tom maʼnoda xalq ovozini ifoda etuvçi taʼsirçan tuzilmaga aylantiriş yölida izçil qadamlar taşlanmoqda. Davlat rahbarining 2026-yil 16-noyabrda imzolangan “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati kafolatlarini kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–247-son Farmoni ana şu islohotlarning mantiqiy davomi bölib, 2030-yilga qadar möljallangan konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalarni amaliy mexanizmlar bilan mustahkamladi.
Mazkur hujjat mahalliy Kengaşlar faoliyatida uçta muhim yönalişni – ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobot beriş tizimini takomillaştiriş, deputatlarning maqomi va faoliyat kafolatlarini kengaytiriş hamda qarorlar qabul qilişda oçiqlikni taʼminlaşni bir maqsad yölida uyğunlaştirgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Hisobot tizimida aniqlik va jonli muloqot
Yangi Farmon bilan mahalliy Kengaşlar sessiyalari hamda doimiy komissiyalar majlislarida eşitiladigan hisobot va axborotlar röyxati töliq tizimlaştirildi. Avval turli qonunçilik hujjatlarida tarqoq holda belgilangan 20 ta vakolat 6 ta yagona yönalişga jamlanib, sessiyada eşitiladigan 13 ta va doimiy komissiyalarda körib çiqiladigan 11 ta aniq hisobot turlari şakllantirildi. Bunda viloyat, tuman va şahar Kengaşlarining 15 ta vakolati darajalar kesimida aniq ajratilgani joylarda iş yuritişni ança yengillaştiradi. Endilikda, har bir darajadagi Kengaş öz hududiga mos masalalarga eʼtibor qaratadi hamda ortiqça takrorlanişlar barham topadi.
Yana bir eʼtiborga molik jihat jihati şundaki, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining öz hisobotini belgilangan muddatda şaxsan taqdim etişi va öz faoliyatiga oid masalalar körib çiqilayotganda sessiyalarda şaxsan iştirok etişi şart qilib belgilanganidir.
Şu bilan birga, har çorakda bir marta Kengaş sessiyasi kun tartibidagi birinçi masala sifatida hokim, uning örinbosarlari va tegişli masʼullar iştirokida aynan aholi ehtiyojlaridan kelib çiqib, saylov okruglaridagi muammolarni muhokama qiliş amaliyoti yölga qöyilmoqda. Bu yangilik Kengaş yiğilişlarini aholini öylantirayotgan dolzarb masalalarga bevosita yeçim topadigan amaliy muloqot maydoniga aylantirişga xizmat qiladi.
Deputat taşabbusi uçun moliyaviy imkoniyat va işonçli kafolat
Farmonda xalq vakillarining iş samaradorligini oşirişga qaratilgan mutlaqo yangi moliyaviy va huquqiy kafolatlar mustahkamlab qöyildi. Xususan, 2028-yilgi mahalliy byudjet loyihasini şakllantirişdan boşlab, hududlar toifasiga qarab mahalliy byudjet xarajatlarining 3 foizidan 5 foizigaça bölgan qismini bevosita deputatlarning taşabbusi asosida yönaltiriş tartibi joriy etiladi. Bu taşabbuslar kelgusi yil byudjet sörovi şakllantirilişidan kamida bir oy oldin tayyorlanişi deputatlarning saylovçilar bilan muntazam işlab, eng zarur loyihalarni oldindan rejalaştirişiga keng yöl oçadi.
Şuningdek, deputatning asosiy iş joyidagi huquqlari ham qatʼiy himoya ostiga olindi. Mulkçilik şakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, barça taşkilotlar öz xodimi bölgan deputatning sessiya, doimiy komissiya, partiya guruhlari majlislari hamda saylovçilar bilan uçraşuvlarda qatnaşişiga şaroit yaratib berişi, bu davrda uning iş joyi va örtaça oylik maoşi saqlanişi kafolatlanmoqda. Mazkur jarayonga Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hamda prokuratura organlarining masʼul etib belgilanişi xalq vakillarining erkin va xotirjam faoliyat yuritişi uçun mustahkam himoya vazifasini ötaydi.
Bundan taşqari, deputatning tegişli hududdagi korxona, muassasa va taşkilotlarga moneliksiz kiriş huquqi uning maqomi darajasiga mos ravişda aniqlaştirildi. Kengaşlarga esa öz qarorlarida belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajarmagan yoki hisobot taqdim etmagan mansabdor şaxslarga nisbatan yuqori turuvçi organga körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnoma kiritiş vakolati berilmoqda. Mazkur norma Kengaş qarorlarining taʼsirçanligini va ijro intizomini yangi bosqiçga olib çiqadi.
Oçiqlik va qonuniylik — jamoatçilik işonçining garovi
Hujjatning yana bir muhim yönalişi Kengaş qarorlarining sifati va oşkoraligini oşirişga qaratilgan. 2026-yil 1-dekabrdan eʼtiboran tuman va şahar Kengaşlari qabul qiladigan hujjatlar loyihalari yuridik xizmat körsatiş markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkaziladi. Bu mahalliy darajada qabul qilinayotgan har bir qarorning amaldagi qonunçilikka töliq muvofiq va pişiq-puxta bölişini taʼminlaydi.
2027-yil 1-yanvardan esa Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlari sessiyalarida fuqarolarning kuzatuvçi sifatida (sessiya işiga aralaşmagan holda) iştirok etiş amaliyoti joriy qilinadi. Majlislar eşigining jamoatçilik uçun oçilişi fuqarolarda mahalliy boşqaruvga daxldorlik hissini kuçaytiradi, deputatlar va ijro organlari faoliyatiga bölgan işonçni yanada oşiradi.
Bir söz bilan aytganda, PF–247-son Farmon mahalliy vakillik organlarini hudud byudjetida öz söziga ega, ijro intizomiga taʼsir körsata oladigan va jamoatçilik uçun doimo oçiq işlaydigan nufuzli tuzilma sifatidagi mavqeini yanada yuksaltirmoqda. Uşbu yangilanişlar joylardagi xayrli islohotlar samarasini oşiriş, eng muhimi, har bir mahalla va xonadon farovonligini taʼminlaşda muhim örin tutadi.
Umida NURULLAYEVA,
Demokratik jarayonlarni
tahlil qiliş markazi eksperti