Saylov qonunchiligi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri
Mirzaobod tumanining Navro‘z mahallasida "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat kengashi tomonidan aholining saylovga oid huquqiy bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Unda partiyaning 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan "Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari" deb nomlangan saylovoldi dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tadbirda "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Mirzaobod tuman kengashi tomonidan tashkil qilingan partiyaning targ‘ibot punkti, partiya a’zolaridan tuman, shahar, viloyat Kengashlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rsatilgan nomzodlar to‘g‘risida ma’lumot berilib, saylov qonunchiligi bo‘yicha tarqatma materiallar tarqatildi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri