Savob ishni har kim, har kuni qilish kerak
Respublika Sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Namangan viloyati boshqarmasi jamoasiga bayram, qutlug‘ kunlar arafasida yordamga muhtoj, yakka-yolg‘iz keksalar, ota-onasidan ayrilgan bolalar xolidan xabar olish, ularga g‘amho‘rlik ko‘rsatish an’anaga aylangan.
Yangi yil shukuhi kezib yurgan ushbu damlarda boshqarma vakillari Namangan shahridagi 26-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari huzuriga yo‘l oldi.

Ushbu dargohda voyaga yetayotgan 66 nafar o‘g‘il-qizning kundalik hayoti, o‘qishi, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari barchada iliq taassurotlar qoldirdi.
Uchrashuv jarayonida bolajonlarga boshqarma jamoasining Yangi yil sovg‘alari ulashildi. Bayram munosabati bilan tuzalgan to‘kin dasturxonga taklif qilindi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA