Savdo sanoat palatasining vakolatlari kengaytirilmoqda
ONLAYN
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlis «O‘zbekiston», "UzReport" telekanallari hamda Qonunchilik palatasining feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Majlis kun tartibidan bir qator qonun loyihalari o‘rin olgan. Jumladan, deputatlar «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Qayd etilganidek, xo‘jalik shartnomalar doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash amaldagi qonunchilikda belgilanmagani tadbirkorlik sub’ektlari uchun amaliyotda bir qator muammolarni vujudga kelishiga sabab bo‘layotgan edi. Xususan, koronavirus pandemiyasi sababli ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlari mahalliy shartnomalar doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlashni so‘rab Savdo-sanoat palatasiga murojaat qilgan. Lekin palata bunday vakolatga ega bo‘lmagani sababli, fors-major holatlarini tasdiqlovchi sertifikatlar berilmagan va tegishli idoralar yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga faqatgina xat chiqarish bilan cheklanilgan.

Muhtarama Komilova, O‘zA