Saudiyada hayitga tayyorgarlik boshlandi
Muborak Ramazon oyi tugashi arafasida Saudiya Arabistonida "Iyd al-fitr" (Ramazon hayiti) va bir hafta davom etadigan bayram tadbirlariga tayyorgarlik boshlandi.
Podshohlik bo‘ylab masjidlarda hayit namoziga hozirlik ko‘rilmoqda. Savdo markazlari har yili o‘tkaziladigan festival uchun kiyim-kechak, shirinlik va o‘yinchoq sotib olishga ishtiyoqmand odamlar bilan gavjum. Xonadonlarda ham tadorik kuchli.

– Yangi libos kiyish Ramazon hayitining asriy an’anasi, - deydi uy bekasi Rumana Shahid. Shuning uchun biz do‘konga boramiz, mato tanlaymiz hayit kuni kiyish uchun kiyimlar, bolalarga esa shirinlik olamiz. Bu ayyom ro‘za oyining nihoyasi, yaqinlar, do‘stlar bilan diydorlashish vaqti. Asosiy maqsad mavjud rishtalarni saqlash va mustahkamlash.
M.Pirmatova, O‘zA