Sarxil meva, avvalo, yurtdoshlarimizga...
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan #bizsizuchundaladamiz shiori ostidagi chellenj davom etmoqda.
El boshiga ish tushganda
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan #bizsizuchundaladamiz shiori ostidagi chellenj davom etmoqda. Hamyurtlarimiz ushbu chellenjda faol ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Samarqand viloyatida ham ilgʻor va innovatsion texnologiyalar asosida koʻplab issiqxonalar faoliyat yuritib, ularda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qish va bahor mavsumida aholi dasturxoniga tortiq qilinmoqda. Xususan, Samarqand tumanida yashovchi Anvar Xolkeldiyev tomonidan 1 gektar maydondagi issiqxonada yetishtirilayotgan pomidor hosilini koʻrib, koʻzingiz quvnaydi.
– Bugun pomidor terimi, – deydi Anvar aka. – Issiqxonamiz ilgʻor texnologiyalar asosida tashkil etilgan. Koʻchatlar gidroponika usulida parvarish qilinmoqda. Bu yerdagi barcha jarayon toʻliq avtomatlashtirilgan.
Ayni kunlarda bu yerda yetishtirilgan sabzavotlar tumanimizdagi “Muso xonkeldi" MCHJ tomonidan tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi orqali sotilmoqda. Issiqxona orqali oila aʼzolarimizning doimiy bandligi taʼminlangan. Bugungi karantin davrida biz kabi belgilangan qoidalarga amal qilib, boshqa hududlarda ham tadbirkorligi bilan bozorlarimizni toʻkin qilayotgan mirishkorlar safi tobora kengaymoqda. Ayni paytda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan #bizsizuchundaladamiz shiori ostidagi chellenjda koʻplab tomorqa egalarining saʼy-harakatlarini koʻrib, oʻz ishimga boʻlgan ishtiyoq yana-da oshmoqda.
OʻzA muxbiri
A.MUSAYEV
yozib oldi