Sankt-Peterburgda migrantlarga cheklov, iqlim tahdidi va Trampning yadroviy muzokaralari
Bugungi «Xorij xabarlari» dasturida Sankt-Peterburgda xorijlik mehnat muhojirlari uchun bir qator sohalarda ishlash taqiqlangani, BMTning iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050-yilga borib Janubiy Osiyoda 40 milliondan ortiq odam uyini tark etishi mumkinligi haqidagi prognozi hamda AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqidagi bayonoti haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, Tesla kompaniyasining uchuvchi avtomobil taqdimoti, Isroilning G‘azo sektoriga tijoriy tovarlar kirishini to‘xtatgani va Germaniya aeroportida chemodanga yashirilgan 90 dan ortiq ilon hamda kaltakesak aniqlangani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Nozimbek Mardonov,
Yoqubjon Melibayev. O‘zA