Sanjar Fayziyev ikkinchi davrada
Tailandda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar oʻrtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir oʻtkazilmoqda.
Tailandda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar oʻrtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir oʻtkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning asosiy toʻr bahslarining birinchi davrasida tennischimiz Sanjar Fayziyev mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Sanjar turnirdagi ilk uchrashuvini amerikalik Adam El Mixdaviyga qarshi oʻtkazib, yakunda 7:6, 6:1, hisobida zafar quchdi.