San’atsevar va zukko o‘quvchi-yoshlar tanlovi
FOTOREPORTAJ
“Turon” maktab teatri respublika tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bosqichda peshqadamlik qilgan 15 maktab jamoasi ishtirok etdi.
Birinchi shartda jamoalar o‘zlari tahsil oladigan maktab faoliyati va erishilgan yutuqlar bo‘yicha chiqishlar qilishdi. Ikkinchi shartda san’at va madaniyat sohasidagi bilimlarini savol-javoblar orqali sinovdan o‘tkazgan bo‘lsalar, keyingi shartda o‘g‘il-qizlar artistlik mahoratlarini namoyish qildilar.
[gallery-17112]
Har bir shartda topqirligi, uddaburon va chaqqonligi hamda iqtidor, mahorati bilan bir-birini ortda qoldirishga intilgan jamoalar o‘rtasidagi bahs chindan ham qizg‘in kechdi. Natijaga ko‘ra 1-o‘rin Sherobod tumani, 2-o‘rin Qiziriq tumani hamda 3-o‘rin Denov tumani jamoalariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA