Samarqandlik talabalar ham Toshkentdan bepul olib kelinadi
2020-yil 18-mart kuni soat 9.00 va 10.00 da Toshkent avtoboshbekatidan Samarqand shahriga homiylar koʻmagida bepul avtobuslar yoʻlga chiqadi.
2020-yilning 16-mart kunidan Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha taʼlim muassasalarida taʼtil eʼlon qilingach, talabalar ham oʻz uylariga oshiqdi. Yoʻlovchi oqimining koʻpayishi bilan ayrim shaxslar tomonidan viloyatlararo qatnovchi shaxsiy transport vositalarida yoʻlkiraning bir necha barobar oshib ketishi kuzatildi. Bu esa xalqimizning haqli eʼtirozlariga sabab boʻldi.
Samarqand viloyat hokimligi ana shunday vaziyatda Toshkent shahrida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda Toshkent shahrida boʻlib turgan samarqandliklarni viloyatga qaytarish uchun maxsus reyslar tashkil etilmoqda.
2020-yil 18-mart kuni soat 9.00 va 10.00 da Toshkent avtoboshbekatidan Samarqand shahriga homiylar koʻmagida bepul avtobuslar yoʻlga chiqadi.
Hurmatli samarqandliklar! 18-mart sanasida Toshkent avtoboshbekatiga kelib koʻrsatilgan vaqtlarda yoʻlga chiquvchi avtobuslardan foydalaning, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.