Samarqandga Xitoy delegatsiyasi keldi
Samarqandga “Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co. Ltd.” kompaniyasi prezidenti Mi En Xua boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Samarqandga “Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co. Ltd.” kompaniyasi prezidenti Mi En Xua boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida mehmonlarni viloyat hokimi E.Turdimov kutib oldi.
Xitoy delegatsiyasi viloyat ishbilarmonlari bilan Samarqandda tosh qazib olish va uni qayta ishlash loyihasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazadi. Shuningdek, shahardagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish koʻzda tutilgan.