Samarqandda YTH oqibatida piyoda vafot etdi
2022 yil 10 oktyabr kuni soat 20:15 larda Samarqand shahar Gagarin ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan "Volkswagen" rusumli transport vositasi urib yuborib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur yo‘l transport hodisasida piyoda (K.Sh) og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zA