Samarqandda Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti ötkazilişi töğrisida
2026-yilning 5-6-noyabr kunlari Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini boşlaydi.
Uçraşuv mavzusi – «Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş».
Tadbir Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik B.Qurbonov raisligida bölib ötadi.
Mazkur formatni yölga qöyiş taşabbusi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevga tegişli bölib, ilk bor 2024-yilda ŞHTning Ostona şahridagi sammitida yangragan.
2025-yilda Tyanszinda bölib ötgan Taşkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşi йиғилишида Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotини Samarqandda ötkaziş taklif qilingan edi.
Bölajak uçraşuvda ŞHTga aʼzo davlatlar, kuzatuvçilar, muloqot böyiça hamkorlar maxsus xizmatlarining rahbarlari hamda vakillari, xalqaro taşkilotlar vakillari, şuningdek, taklif etilgan mehmonlar iştirok etadi.
Dunyoning 24 davlatidan 33 ta delegatsiya va 5 ta xalqaro taşkilot vakillari kelişi kutilmoqda.
Uçraşuv doirasida ilğor texnologiyalar va sunʼiy интеллектни zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga taʼsiri xususida fikr almaşilişi közda tutilgan.
Muzokaralar yakuni böyiça delegatsiyalar rahbarlari raqamli transformatsiya davrida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikning aniq vazifalari hamda ustuvor yönalişlarini belgilab oladilar.
ÖzA