Samarqandda sayyohlik obyektlari ochilmoqda
Ichki turizmni yoʻlga qoʻyish maqsadida bugundan Samarqand shahridagi sayyohlik obyektlariga belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etgan holda faoliyat koʻrsatishga ruxsat berildi.
Ichki turizmni yoʻlga qoʻyish maqsadida bugundan Samarqand shahridagi sayyohlik obyektlariga belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etgan holda faoliyat koʻrsatishga ruxsat berildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali tasarrufidagi quyidagi ziyoratgoh va qadamjolar esa ertaga – 11-iyundan ish faoliyatini boshlaydi:
Samarqand shahridagi Xoʻja Doniyor, Imom Moturidiy, Xoʻja Abdu Darun, Hazrati Xizr, Murod Avliyo, Shohi Zinda yodgorlik majmualari, Ruhobod maqbarasi, Xoʻja Isʼhoqi Valiy masjid-ziyoratgohi;
Samarqand tumanidagi Xoʻja Ahror Valiy, Xoʻja Abdu Berun majmualari, Oqdaryo tumanidagi Mahdumi Aʼzam, Jomboy tumanidagi Shayx Xudoydodi Vali va Bulungʻur tumanidagi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohlari.
Nurobod tumanidagi Hazrati Dovud ziyoratgohi viloyat turizmni rivojlantirish departamenti bilan kelishilgan holda ochilishi koʻzda tutilgan.
“Qizil” toifadagi hudud boʻlgani uchun Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasi hamda Urgut tumanidagi Chor Chinor ziyoratgohi hozircha faoliyat koʻrsatmaydi.
Faoliyat koʻrsatishiga ruxsat berilgan ziyoratgoh va qadamjolarda ayni paytda karantin qoidalariga rioya etilishi uchun kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar taʼminlash choralari koʻrilmoqda.