Samarqandda ovoz berish yakunlandi
7-Samarqand saylov okrugi hududidagi 1112 ta saylov uchastkalarida muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha ovoz berish jarayonlari yakunlandi.
Ayni paytda uchastka saylov komissiyalarida sanoq jarayonlari o‘tkazilmoqda.


Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida joylashgan 67-saylov uchastkasida ham ovoz berish yakunlanib, sanoq jarayoni boshlandi.
- Saylov uchastkamizda Samarqand shahrining Ko‘ksaroy va Mustaqillik mahallalarida yashovchi 1712 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan edi, - deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Martaba Melikova. - Jarayon davomida saylov kuni yashash joyida bo‘lmaydigan 83 nafar saylovchi muddatidan oldin oldin ovoz berdi. Bevosita saylov kuni yashash xonadonida turib 150 nafar keksa, nogironligi bo‘lgan saylovchilar ko‘chma quti orqali ovoz berib, yurtimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayonga o‘z munosabatlarini bildirishdi. Umuman, bugun kun davomida saylovchilarimiz faollik bilan ovoz berish jarayonida ishtirok etishdi.



Viloyatdagi barcha uchastkalarda ovozlarni hisoblash davom etmoqda.
[gallery-12699]
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA