Samarqandda Osiyo chempionati boshlandi
FOTOREPORTAJ
Samarqand eshkak eshish kanalida akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.
Chempionatda 13 mamlakatdan 250 nafar sportchi qit’a chempionligi uchun bellashmoqda.
[gallery-19691]
Musobaqa qatnashchilari birinchi kun dasturidagi ishtiroklarini yakunladi. E’tiborlisi, birinchi kunga belgilangan 9 dastur bo‘yicha saralash bellashuvlarida startga chiqqan barcha yurtdoshlarimiz 12 oktyabr kuni final bahslariga yo‘l oldi.
Musobaqa 14 oktyabrga qadar davom etadi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA