Samarqandda 4 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Sogʻayganlarning barchasi ushbu infeksiyaga chalinganlar bilan yaqin muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari safiga endilikda Samarqand viloyati ham qoʻshildi. Ayni paytda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butkul sogʻaydi.
Sogʻayganlarning barchasi ushbu infeksiyaga chalinganlar bilan yaqin muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari esa voyaga yetmagan bola , barchasi Samarqand viloyatidan . Soʻnggi tekshiruvlar ularda infeksiya yoʻqligini koʻrsatdi.
Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butkul sogʻayganlar 621 nafarga yetdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi